Ehtimol Hindistonda xavfli Zika virusidan birinchi vaksina yaratildi. Bu haqda Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan Bharat Biotech International Limited kompaniyasi ma'lum qildi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Kompaniya rahbari Krishna Ellaning aytishicha, uning kompaniyasi dunyoda Zika virusiga qarshi vaksina ishlab chiqqan birinchi kompaniyadir va kompaniya 9 oy avval vaksinaga patent olishga ariza bergan.
Ellaning ta'kidlashicha, kompaniya ikkita vaksina ishlab chiqqan, biroq ularning hayvonlar va odamlarda sinovdan o‘tkazilishi muayyan vaqt olishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya shu maqsadda Hindistonning tibbiy tadqiqotlar kengashiga ko‘mak so‘rab murojaat qildi.
"Bizga vaksina haqida xabar berishdi. Biz uni ilmiy jihatdan tadqiq qilamiz, uni tatbiq qilishning maqsadga muvofiqligini baholaymiz. Bu Make in India kampaniyasi doirasida yaratilgan mahsulotga yaxshi namunadir", deb aytdi kengash rahbari Soumya Svaminatxan.
Ayni vaqtda 50 yil muqaddam aniqlangan virusni aniqlashning ishonchli usullari, unga qarshi vaksina mavjud emas.