Bugun, 3 fevral kuni Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatlaridagi ko‘chki ro‘y bergan Siachen muzligi hududida eng kamida 10 nafar askar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Tribune elektron nusxasida xabar qilindi.
Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, harbiy xizmatchilar bo‘lgan bunker ko‘chki ostida qolgan. Harbiylarning qismati haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q. Hindiston armiyasi va harbiy havo kuchlari qutqaruv amaliyotini boshlagan.
Siachen – Qoraqurum tog‘ tizmasidagi eng katta muzlik bo‘lib, uning maydoni 1,1 ming kv. km, uzunligi 75 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi eng bahsli joylardan biri sanaladi. 2012 yilda Siachendagi ko‘chki natijasida 30 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘lgan edi.