Germaniya vodorod plazmali termoyadroviy reaktorni ishga tushirdi

Jahon 23:52 / 03.02.2016 4095

Germaniyaning Grayfsvald shahridagi Maks Plank nomidagi jamiyatning plazma fizikasi instituti 3 fevralda vodorod plazmali Wendelstein 7-X termoyadroviy reaktorini ishga tushirdi. Bu jarayonning jonli namoyish qilinishi Livestream xizmati tomonidan tashkillashtirildi.

Wendelstein 7-X reaktori Toshkent vaqti bilan 19:25 da yoqildi. Tadbirda Germaniya kansleri Angela Merkel ham ishtirok etdi.

2015 yil 10 dekabrda geliyli plazmali Wendelstein 7-X ishga tushirilgandi. Fiziklar uni barqaror ravishda 1-2 soniya ushlab turishgan.

Wendelstein 7-X loyihasining yakuniy maqsadlari reaktorda plazmani yarim soatgacha ushlab turish va qiymati 4-5 (foizlard)ga teng β parametri qiymatini olishdan iborat. Bu qiymat plazmaning bosimi uni ushlab turgan magnit maydonga bosimining nisbatini aniqlaydi.

Wendelstein boshqaruvi 7-X’ Maks Plank nomidagi jamiyatning plazma fizikasi instituti tomonidan olib boriladi. Uskunaning qurilishi 2005 yilda boshlangan va 2014 yilda tugagan. Termoyadroviy reaktorni qurish bo‘yicha xarajatlar 1 mlrd yevrodan ko‘proqni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: