Eron birinchi marta Tojikistonga neft mahsulotlari yetkazib bera boshladi, deb xabar bermoqda Shana axborot agentligi.
Kelishuv amalga oshirila boshlangani haqida National Iranian Oil Products Distribution Company (NIOPDC) rahbari Muhammad Mahdiy Kurayyo axborot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Eron Tojikistonga 2.9 mln l benzin yetkazib berishga ulgurgan. “Ilgari bu mahsulot eng uzog‘i Afg‘onistonga eksport qilingan”, - tushuntirdi Kurayyo.
U birinchi partiya ikki hafta muqaddam yetkazib berilganini aytib o‘tdi.