Del Boske: Agar "Real"da qolganimda jamoa hisobidagi YeChL kuboklari soni yanada ko‘proq bo‘lardi

Sport 14:48 / 03.02.2016 2131

Ispaniya terma jamoasi amaldagi bosh murabbiyi Visente del Boskening aytishicha, Madridning "Real" jamoasi o‘zini iste'foga chiqarmaganida hozirda bu jamoa hisobidagi YeChL kuboklari soni ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi.

"YeChLni yutish oson ish emas. Men "Real"da ishlagan vaqtimda jamoa tarkibi yulduzli edi va bu g‘alabalarimizda muhim o‘rin tutgan.

Betakallufli bilan, lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsam, agar "Real"da qolganimda Yevropa Chempionlar ligasini ko‘proq yutgan bo‘lardik.

Xalqaro maydonlarda g‘alaba qozonish uchun murabbiyga ishlash uchun imkon berish kerak. Bunga qo‘shimcha vaqt ham berilishi lozim", deydi del Boske AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, del Boske 1999 yildan 2003 yilgacha "Qirollik klubi"ni boshqargan. Klub uning murabbiyligida 2 marta Ispaniya chempionligi (2000/2001 va 2002/2003), 2 marta YeChL g‘olibligi (1999/2000 va 2001/2002) hamda 1 marta Qit'alararo kubokni (2002) qo‘lga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: