O‘zbek klublari orasida yangi mavsumni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi boshlab beradi. “Qaldirg‘ochlar” 9 fevral sanasida OChL-2016 “pley-off” bosqichi doirasida BAAning “Al Shabab” klubiga qarshi bahs yuritadi.
Bugun, 3 fevral kuni yangi mavsum oldidan xarid qilingan futbolchilarni tanishtiruv marosimi o‘tkazildi. Undan oldinroq “Bunyodkor”ning yangi mavsum uchun tayyorlangan liboslarini taqdim etildi.
"Qaldirg‘ochlar" ko‘k rangli liboslardan safardagi uchrashuvlarda, oq randagi liboslardan uy uchrashuvlarida foydalanishadi.