BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropadagi qochqinlar oqimining uchdan bir qismi bolalardan iborat. Bu haqda The Guardian xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropada migratsion inqiroz boshlanganidan buyon birinchi marta ayollar va bolalar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
2015 yilning iyunida O‘rta Yer dengizini suzib o‘tgan har o‘ninchi muhojirning biri voyaga yetmagan bo‘lsa, hozirda ular soni qochqinlar oqimining uchdan qismini tashkil etmoqda.
YUNISEF vakili so‘zlariga ko‘ra, yangi ma'lumotlar gumanitar tashkilotlar zimmasiga qo‘shimcha javobgarlik yuklaydi. “Ular dengizda, ayniqsa qishda katta xavf ostida qoladilar va quruqlikka yetib olishiga qadar himoyaga muhtoj”, - dedi u.