Bloomberg so‘rovnomasida ishtirok etgan ko‘plab tahlilchilar 2016 yil oxiriga qadar neft narxining 50 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda. Tahlilchilar bahosiga ko‘ra, Nyu-York va London birjalarida WTI va Brent toifasidagi neft narxlari 15 dollarga qimmatlab, WTI neftining bir barreli 46, Brent esa 48 dollarga yetadi.
Jahon bozoridagi ortiqcha neft uning narxini 12 yil avvalgi minimumga tushirib yuborgan edi. Biroq AQShda neft qazib olish hajmi kamaygani sababli xom ashyo yetishmovchiligi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin, deb hisoblamoqda Goldman Sachs.
Energetik ma'lumotlar boshqarmasi (EIA) ma'lumotiga ko‘ra, to‘rtinchi chorakda AQSh neft qazib olishni 7 foizga yoki kuniga 620 ming barrelgacha kamaytirishi mumkin.