Bishkekda bolalar bog‘chalari yetishmayapti

Jamiyat 19:33 / 03.02.2016 2801

Hozirgi kunda Bishkek shahridagi maktab yoshiga yetmaganlarning jami 20% foizi bolalar bog‘chasiga boradi. Bu haqida www.knews.kg portali xabar bergan.

Odamlarda pul to‘lashga imkoniyat bor, biroq shaharda maktabgacha ta'lim muassasalari yetishmaydi. 

Bosh vazir Temir Sariyev «Barcha bolalar maktabga tayyor bo‘lishi shart. Bu masalada Qirg‘iziston poytaxti bayroqdor bo‘lishi kerak», dedi shahar merligi yig‘ilishida.

«Davlat bolalar bog‘chasi bilan ta'minlash imkoniga emas ekan, davlat-xususiy hamkorligini rivojlantirish joiz. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun maxsus yer maydonlari ajratilishi, soliq imtiyozlari berilishi talab etiladi», – deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.
Hukumat boshlig‘i mazkur masalada Bishkek shahar kengashi qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus qaror tayyorlash kerakligini ham ta'kidlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: