Avstraliyada 600 kg vaznli yo‘lbars nahangi qo‘lga tushirildi

Jamiyat 16:36 / 03.02.2016 11592

Avstraliyalik baliqchilar 600 kg dan ortiq tosh bosadigan yo‘lbars nahangini tutib, uning suratini Facebook’ka joylashtirishdi. The Sydney Morning Herald nashrining ma'lum qilishicha, bu yangi jahon rekordi bo‘lishi mumkin.

Fotosurat ayrim internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

“Yigitlar, bir umr baliqchilik qilgandan so‘ng bunday baliqni o‘ldirish sherni yoki bangol yo‘lbarsini o‘ldirishdan hech farq qilmaydi. Axir uni belgilab, qo‘yib yuborish mumkin ediku”, - deb o‘z e'tirozini bildirdi foylanuvchilardan biri.

Ko‘proq yangiliklar: