2014 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Ibtihaj Muhammad 2016 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlariga yo‘l oldi. U shu tariqa Olimpiada hijob kiygan holda ishtirok etadigan ilk amerikalik bo‘ladi.
"Olimpiadada sablist sifatida ishtirok etadigan sportchilarning hech biri musobaqalar boshlanishini menchalik kutishmagandir. Men Olimpiadada ishtirok etish uchun terining ranggi, dinning o‘zgaligi va jins muhim o‘rin tutmasligini isbotlash uchun musobaqalashmoqchiman", deydi 30 yoshli amerikalik sportchi.
Ibtihaj Muhammad Afinada qilichbozlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogida uchinchi o‘rinni egalladi va 2016 yilning yozida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan olimpiada uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U 4 yil oldin London olimpiadasida jarohat tufayli qatnasha olmagandi.