XXR hukumatining qaroriga muvofiq 6 fevraldan e'tiboran Qirg‘iziston bilan chegaradagi nazorat o‘tkazish punktlari bir necha kunga yopiladi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati xabar bermoqda.
Punktlarning yopilishi Xitoy tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘sha kunlarda XXRda milliy bayram – Bahor kuni nishonlanadi. Shu bois 6-14 fevral kunlari Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga yondosh “Irkishtom-avtoyo‘l” o‘tkazish punkti yopiladi. Norin viloyatidagi “To‘rug‘art-avtoyo‘l” punkti esa 6-13 fevral kunlari ishlamaydi.