2018 yilda “O‘zbekenergo” stansiyalar modernizatsiyasiga 166 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston 18:22 / 03.02.2016 2411

“O‘zbekenergo” AJ 2016-2017 yillarda respublika energiya tizimi podstansiyalari modernizatsiyasiga 166.25 mln dollar ajratadi. Bu haqda kompaniya vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Loyiha doirasida 220 va 500 KVt kuchlanishli 22 asosiy stansiyalarni modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Shu jumladan, muqaddam O‘zbekistonda qo‘llanilmagan uskunalar joriy qilinadi.

“Loyihaning texnik va iqtisodiy asoslanishi tayyorlangan, loyiha davlat investitsion dasturiga kiritilgan, modernizatsiyaga shu yilning ikkinchi yarmidan kirishamiz”, - tushuntirdi agentlikning suhbatdoshi.

Loyihani moliyalashtirish uchun Jahon banki 89 mln dollar miqdorida kredit taqdim etadi. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 65 mln dollar, “O‘zbekenergo”ning o‘z mablag‘laridan esa 12 mln dollar ajratiladi.

Ayni kunlarda kompaniya 35 KVt va undan kuchlanishli jami 1.6 ming podstansiyaga sohibdir. O‘zbekiston energiya tizimida umumiy quvvati 12.4 ming megavattga teng 45 elektr stansiyalari ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: