2015 yilda tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirishlar soni 16 foizga kamaydi

O‘zbekiston 18:58 / 03.02.2016 3207

O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sulaymonova Nozima axborotiga ko‘ra, 2015 yilda tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilishga oid 89ta normativ xuquqiy hujjat amaliyotga tadbiq etildi.

Bu esa tarmoqlardagi korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlarni maxsus kiyim va boshqa himoyalanish vositalari bilan bepul ta'minlashiga qaratilgan.

45 mingdan ortiq yirik va ishlab chiqarishlari xavfli korxonalarda ish beruvchilarning fuqarolik javobgarliklarini sug‘urta qilish uchun 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltirildi.

Tekshirishlar soni esa 2015 yilda 3270 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga kamaytirildi, natijada 614 ta tadbirkorlik sub'yektining ishlariga aralashishining oldi olindi.

Ko‘proq yangiliklar: