2015 yil davomida Mehnat vazirligiga ish haqini o‘z vaqtida to‘lanmasligi bo‘yicha 1134ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i Botir Shaxriyorov ma'lum qildi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yil davomida inspeksiya xodimlari tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida, davlat byudjyetidan moliyalashtirladigan tashkilotlarda, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik doirasida, jami 5.8 mingdan ortiq tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha ish beruvchilarga nisbatan 590 dan ortiq bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan 515 nafardan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik yurituvchi sub'yektlariga aloqador 4 mingga yaqin ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilgan, jumladan, ish haqini o‘z vaqtida to‘lanmasligi bo‘yicha 1134ta, noqonuniy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish masalasida 679 ta, kvota va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida tegishli axborotlarni taqdim etmagan holatlar bo‘yicha 1450 ta, bo‘sh ish o‘rinlarini yashirishga doir 1295 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, ish beruvchi-mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta'sir choralari qo‘llash orqali 2200 nafarga yaqin fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, 1700 dan ortiq ishchilarga 10,5 mlrd.so‘m ish haqi to‘latib berilgan.
2015 yilda Mehnat vazirligi tomonidan 1700 nafardan ziyod ishchilarning ish haqi to‘latib berildi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25619
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34530