Po‘lat yetishmovchiligi tufayli Toyota Yaponiyadagi ishlab chiqarishni bir haftaga to‘xtatishi mumkin

Iqtisodiyot 14:42 / 31.01.2016 2957

Yaponiyaning eng yirik avtokonserni – Toyota 8 fevraldan e'tiboran Yaponiyadagi korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini bir haftaga to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Kyodo agentligining ma'lum qilishicha, bu Ayti prefekturasidagi po‘lat yetkazib beruvchi zavodlardan birida sodir bo‘lgan portlash bilan bog‘liq.

1-5 fevral kunlari Toyota zavodlar xodimlariga ish soatlaridan tashqari ishlashni man qilgan. Ishlab chiqarishni to‘xtatib turish borasidagi yakuniy qaror keyingi hafta mobaynida qabul qilinadi.

Aichi Steel zavodidagi portlash 8 yanvar kuni sodir bo‘ldi. Hech kim zarar tegmadi, ammo ishlab chiqarish yo‘nalishlaridan biri yaroqsiz ahvolga keldi. Uni ta'mirlash ishlari faqat mart oyida tugaydi.

Ko‘proq yangiliklar: