Jahon banki 37 xom ashyo tovarlari bo‘yicha 2016 yilgi prognozlarini tushirdi

Iqtisodiyot 16:22 / 31.01.2016 3995

Jahon bankining Commodity Markets Outlook nomli so‘nggi hisobotiga ko‘ra, neft bozorlaridan tashqari, 2016 yilda ko‘pchilik xom ashyo tovarlari narxlarining tushishi kutilmoqda. Bank ekspertlari 46 turdagi xom ashyo tovarining 37tasi bo‘yicha prognozlarni tushirishdi.

Bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlar 2000 yildan buyon asosiy xom ashyo xaridorlari bo‘lib kelishdi. Shu bois ushbu davlatlardagi o‘sish sur'atlarining tushishi xom ashyo tovarlari narxlariga ham salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Iqtisodiy o‘sish sur'atlarining sekinlashib borishi ularning savdo sheriklarida ham o‘sishni pasaytiradi, buning natijasida global xom ashyo bozori zaiflashadi.

Ko‘proq yangiliklar: