"Gazprom" 2016 yilda 480 mlrd kub metr gaz qazib olmoqchi

Iqtisodiyot 20:46 / 31.01.2016 3812

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi 2016 yilda 480 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2015 yilda 418,47 kub metr gaz qazib olgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi ma'lum qildi.

Kompaniya bu rejasini 1 fevralda bo‘lib o‘tadigan Investor kunidagi taqdimotda keltirib o‘tadi. Taqdimotda aniq raqamlar bo‘lmaydi, faqatgina joriy yilda gaz qazib olish dinamikasi va qazib olish jadvali taqdim qilinadi.

Ta'kidlanishicha, kompaniyaning gaz qazib olish rejasi avvalari bir necha bor yil davomida sezilarli ravishda o‘zgartirib turilgan.

Ko‘proq yangiliklar: