WSJ: Chanel rahbari lavozimini tark etadi

Iqtisodiyot 16:01 / 28.01.2016 2404

Chanel modalar uyi bosh direktori Morin Shike yanvar oyi oxirida kompaniyani tark etadi. Uning ketishi kompaniya menejmenti a'zolari bilan kelgusidagi rivojlanish rejalari borasida kelisha olmagani sabab bo‘ladi. Bu haqda kompaniyadagi manbasiga asoslanib, The Wall Street Journal xabar bergan.

Shikening o‘rnini boshqaruv kengashi a'zosi Alen Verteymer egallashi aytilgan.

"Biz Shikega bizga qilgan barcha xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. U bilan birgalikda Chanel yangi bosqichga chiqdi. Biz uning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz", deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: