Tojikiston sement eksport qilishni boshladi

Iqtisodiyot 22:31 / 28.01.2016 5376

Tojikiston ilk bor o‘zining yangi tarixida sement eksport qilishni boshladi. 2015 yilda Afg‘onistonning “Shimol-Sharq” kompaniyasi tomonidan 500 tonna tojik sementi eksport qilindi. Bu haqda jurnalistlarga Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Shavkat Bobozoda ma'lum qildi.

Bobozodaning aytishicha, 2015 yilda mamlakatda 1,4 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. Xususan, umumiy sementning 77 foizi “Xuaksin Gayur Tsement” tojik-xitoy qo‘shma korxonasi, 16 foizi “Tojiksement” kompaniyasi, qolgani esa boshqa 6 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga, Tojikistonning sementga ehtiyoji 2 mln tonnani tashkil qilmoqda.

Bobozodaning ta'kidlashicha, 2016 yilda sement ishlab chiqaruvchi yana 3 ta korxonani foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Bobozodaning aytishicha, respublikada sementni asosiy eksport mahsulotlaridan biriga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: