"Norinteks" to‘qimachilik kompleksining ulushi amerikaliklarga sotiladi

Iqtisodiyot 21:45 / 28.01.2016 2650

Amerikaning «Enertrade» kompaniyasi joriy yilning mart oyi oxirigacha Namangandagi «Norinteks» to‘qimachilik kompleksining davlat ulushini xarid qilishni rejalashtirgan.

«Enertrade» va «O‘zbekengilsanoat» o‘rtasida korxonaning 25 foiz ulushini xarid qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qiladi telegraf.uz.

Nashrda yozilishicha, Amerika tomoni yillik quvvati 4500-500 tonnaga teng aylana-to‘qishli yigirilgan ip ishlab chiqarish, dag‘al matolar tayyorlash bo‘yicha yangi texnologik liniyani xarid qilishga oid majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Loyihalarning qiymati 12,5 mln. dollardan ziyodga baholanmoqda.

AQSh kompaniyasi Namangan viloyatidagi “Norinteks” to‘qimachilik majmuasi aksiyalarini sotib olmoqchi

Ko‘proq yangiliklar: