2015 yilda Qozog‘iston banklari qurilish kreditlarini 32 foizga qisqartirdi

Iqtisodiyot 09:59 / 28.01.2016 2326

Qozog‘istonda o‘tgan yil davomida ko‘chmas mulk obektlari qurilishiga ajratilgan kreditlar 2014 yilga nisbatan 32 foizga qisqarib, 423 mlrd tangani tashkil qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Qozog‘iston quruvchilar uyushmasi ijrochi direktori Aslan Tukiyevning so‘zlariga qaraganda, ko‘chmas mulk bozorida sotib olish quvvatining tushishi kuzatilmoqda, ipoteka kreditlari hajmi esa 16 foizga qisqargan.

Ayni paytda respublikada birlamchi bozorda uy-joyning bir kvadrat metri 350 ming tangani, ikkilamchi bozorda esa 400 ming tangani tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: