“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2016 yilda 800 mln dollarlik 28 ta loyihani amalga oshirmoqchi

Iqtisodiyot 14:08 / 28.01.2016 5043

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2016 yilda 800 mln dollarlik 28 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, bu haqda matbuot-anjumanida kompaniyaning boshqaruv raisi o‘rinbosari Ravshan Ikromov ma'lum qildi.

Jumladan, bu mablag‘lar “Angren-Pop” temir yo‘li qurilishini yakunlash, temir yo‘lning “Samarqand-Buxoro” qismida poyezdlarning yuqori tezlikdagi qatnovini tashkil etish, “Navoiy-Konimex-Misken” yangi liniyasini qurish, “Qarshi-Termiz” yo‘lini elektrifikatsiya qilish ishlarini yakunlash, yangi yo‘lovchi elektropoyezdlarini xarid qilish va boshqa loyihalarga yo‘naltiriladi.

Ikromovning aytishicha, kompaniya investitsion loyihalarni amal oshirish borasida 2015 yilni yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunladi.

2015 yilda Investitsion dasturga kiritilgan 17 ta loyihani amal oshirish doirasida 755 mln dollardan ko‘proq investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Oxirgi 10-15 yilda O‘zbekistonda 1200 kilometr yangi temir yo‘llar yotqazildi, mavjud 3800 kilometr yo‘l modernizatsiya qilindi va 1100 kilometr yo‘l elektrifikatsiya qilindi. Natijada ayni vaqtda O‘zbekiston temir yo‘l magistrallarining umumiy uzunligi 6500 kilometrni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: