Vetnam 2015 yilda mobil telefonlari eksportidan 30 milliard daromad ko‘rdi

Iqtisodiyot 12:24 / 27.01.2016 3309

2015 yilda mobil telefonlari va ularning ehtiyot qismlari Vetnam eksportining asosiy qismini tashkil etdi. TASSning mamlakat bojxona boshqarmasi e'lon qilgan ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, ularning xorij davlatlariga sotilish hajmi bir yil davomida 28 foizga o‘sib, 30 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan oshdi.

Vetnamda ishlab chiqarilgan telefon va smartfonlar asosan Yevroittifoq, BAA va AQShda xarid qilindi.  Mobil telefonlaridan tashqari, Vetnam espor qilgan tovarlar ro‘yxatidan tikuv va tekstil sanoati mahsulotlari ham o‘rin egalladi. Ular eksportning hajmi 2015 yilda 22,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: