Toyota ketma-ket to‘rtinchi marta avtomobillar sotuvi bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘ldi

Iqtisodiyot 12:12 / 27.01.2016 3325

Yaponiyaning Toyota Motor Corp. konserni avtomobillar sotuvi bo‘yicha ketma-ket to‘rtinchi marta  jahon birinchiligini egalladi.

2015 yilda Toyota o‘z bo‘limlari Hino va Daihatsu bilan birgalikda 10,15 mln mashina sotgan (0,8 foizlik kamayish).

2015 yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha yaponiyalik raqobatchisidan o‘tib ketgan Germaniyaning Volkswagen AG avtokonserni esa bu davr ichida 9,9 million avtomobil sotgan (2 foizlik kamayish).

2015 yilning sentabrida yuzaga kelgan «dizel mojarosi»dan keyin Volkswagen 11 million avtomobilini chaqirib olishga majbur bo‘ldi.

Amerikaliklarning General Motors konserni esa o‘tgan yilda 9,8 mln avtomobil sotgan (0,2 foizlik o‘sish).

Bundan oldinroq Toyota kompaniyasining Toyota Corolla avtomobili 2015 yilda dunyodagi eng xaridorgir avtomobil bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari yaponiyaliklar o‘tgan yilda bir qator yangi modellar, jumladan, yangilangan Prius avtomobilini chiqardi. Bu esa unga sotuv hajmini ko‘paytirish imkonini berdi.

Ko‘proq yangiliklar: