O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi investitsiyalari 8 foizga ko‘payadi

Iqtisodiyot 15:15 / 27.01.2016 2629

2016 yilda neft-gaz sohasi modernizatsiyasi va rivojlanishiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 2015 yilga nisbatan 8 foizga oshib, 2.798 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu davlat rahbarining yangi qarorida aks etdi.

Kapital kiritmalari strukturasida chet el investitsiyalari va kreditlari 2.104 mlrd dollarni, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mablag‘lari 216.3 mln dollarni, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari 303.5 mln dollarni, mahalliy banklar kreditlari 172.4 mln dollarni tashkil qiladi.

Xususan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistondagi umumiy qiymati 8 mlrd dollar bo‘lgan ikki loyihaga 879 mln dollar yo‘naltiradi. Xitoyning CNPC konserni “Markaziy Osiyo-Xitoy” gaz quvurining O‘zbekiston uchastkasi to‘rtinchi liniyasini qurishga 800 mln dollar ajratadi. “O‘zbekneftgaz” Qashqadaryodagi ikki konni jihozlash ishini yakuniga yetkazishga 294 mln dollar yo‘naltiradi, shuningdek, Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasiga 437.4 mln dollar ajratadi.

Ko‘proq yangiliklar: