Kanada Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilib, Tehronda elchixonasini ochmoqchi

Iqtisodiyot 09:01 / 27.01.2016 1885

Kanada hukumati Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishini hamda Tehronda elchixonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 26 yanvarda Kanada tashqi ishlar vaziri Stefan Dion ma'lum qildi.

“Kanada sanksiyalarni bekor qiladi, biroq yadroviy qurolga ega bo‘lishi kerak bo‘lmagan, inson huquqlari uchun xavf soladigan tuzum va bizning ittifoqchilarimiz do‘sti hisoblanmaydigan Erondagi tuzumga muayyan ishonchsizlik darajasini saqlab qoladi”, deb aytdi Dion. Uning aytishicha, sanksiyalarning bekor qilinishi Kanada ittifoqchilari bilan maslahatlashgan holda amalga oshiriladi.

Dion, Kanada shuningdek Tehronda o‘z elchixonasini ochishini ta'kidlab o‘tdi, biroq buning aniq muddatlarini aytmadi. Kanada o‘zining Erondagi elchixonasini 2012 yilda yopgandi va Ottavadan eronlik diplomatlarni chiqartirib yuborgandi.

Eronga nisbatan Kanada tomonidan sanksiyalar 2010 yilda kiritilgan. Ularga ko‘ra, Eronga Kanadadan atom, raketa va harbiy mahsulot eksport qilish, gaz, neft va neft-kimyo sanoatiga investitsiyalar kiritish, neft mahsulotlari eksporti taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: