Jahon banki 2016 yil uchun neft narxi prognozini 37 dollargacha tushirdi

Iqtisodiyot 08:10 / 27.01.2016 3241

Jahon banki 2016 yil uchun neft narxi prognozini birdaniga 14 dollarga, ya'ni 37 dollargacha pasaytirdi. Bu haqda bankning matbuot bayonotida aytilmoqda.

”Prognozning pasaytirilishi bir qator omillar bilan bog‘liq. Bu omillar Eron nefti eksportining kutilganidan avvalroq boshlanishi, AQShda neft bozorining xarajatlarning qisqarishi va samaradorlikning oshishi tufayli yuqori barqarorligi, Shimoliy yarimshardagi iliq qish va rivojlanayotgan bozorlardagi o‘sish istiqbollarining pastligi bo‘lmoqda”, deyilmoqda bayonotda.

Shu bilan birga bank o‘rta muddatli istiqbolda neft bozorida narxlarning yuqorilishi qayd qilinishini, biroq bu yuqorilash 2008, 1998 va 1986 yillardagi kabi kuchli bo‘lmasligini taxmin qilmoqda.

Jahon banki, shuningdek, joriy yilda bozordan neft qazib olish tannarxi yuqori bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar ketishini taxmin qilmoqda va bu neft bozorini birmuncha barqarorlashtirishi kerak. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining o‘sishi ham neft narxining oshishiga turtki berishi kerak.

“Neft va xomashyo mahsulotlariga past narxlar bir qancha vaqt davomida saqlanib qolsa kerak. Biz xomashyoga narxning keyingi 2 yil ichida oshishi uchun ba'zi istiqbollarni ko‘rmoqdamiz, biroq bu sohada hali ham sezilarli xatarlar qolmoqda”, deb aytdi Jahon bankining katta iqtisodchisi va prognoz muallifi Jon Baffes.

Ko‘proq yangiliklar: