Canon rahbari iste'foga chiqdi

Iqtisodiyot 15:17 / 27.01.2016 2887

Canon Inc. kompaniyasi prezident Fudzio Mitaraining iste'foga chiqqanini e'lon qildi, deya xabar bermoqda Nikkei Asian Review nashri.

Qayd qilinishicha, 80 yoshli tadbirkor omma oldida kengash raisi va ijrochi direktor sifatida qoladi.

Uning o‘rnini amaldagi kompaniya boshqaruvchisi Masaya Mayeda egallaydigan bo‘ldi. U mart oyida direktorlar kengashi yig‘ilishidan keyin lavozimda faoliyatini boshlaydi.

Mitarai — Canon kompaniyasining asoschilaridan birining jiyani sanaladi. Ammo u bu lavozimga o‘zining mehnati – kompaniyaning AQShdagi faoliyati kengaytirishi orqali erishgan.

Ko‘proq yangiliklar: