Braziliya iqtisodiyotini tiklash uchun 12 mlrd dollar qarz oladi

Iqtisodiyot 14:44 / 27.01.2016 2169

Braziliya moliya vaziri Nelson Barboza yaqin orada mamlakat qarz majburiyatlari bozoriga chiqishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Braziliya 1991 yildan beri kuzatilgan eng kuchli retsessiya oqibatlarini bartaraf qilish uchun 50 mlrd realga (12.3 mlrd dollar) muhtoj.

Bu boradagi rejalar Barboza tomonidan mamlakat prezidenti Dilma Russef raisligi ostida o‘tadigan iqtisodiy rivojlanish kengashi yig‘ilishida e'lon qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: