Xitoy Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga 1.7 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 11:39 / 26.01.2016 4142

Qozog‘iston va Xitoy qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 1.735 mlrd dollarga teng jami 19 loyihani amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida xabar qilindi.

Xitoylik investorlar bilan hujjatlarni imzolash marosimi chog‘ida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Gulmira Isayeva loyihalarning 12tasi Sharqiy Qozog‘iston va Olmaota viloyatlarida amalga oshirilishini ma'lum qildi.

“Logistika nuqtai nazaridan bu eng asosiy mintaqalar, negaki Xitoy bilan umumiy chegaraga ega”, - ta'kidladi u. Xitoy investorlari qatorida CITIC, Rifa Holding Group, AIJIU, COFCO korporatsiyalari bor. Isayevaning qo‘shimcha qilishicha, loyihalarning ko‘pchiligi chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasiga aloqadordir.

Ko‘proq yangiliklar: