Xitoy fond birjalari mamlakatdan rekord miqdorda kapitalning chiqib ketishi oqibatida quladi

Iqtisodiyot 14:25 / 26.01.2016 4157

Xitoyning asosiy fond birjalaridagi ko‘rsatkichlar 2014 yil noyabridan buyon eng past darajaga tushib ketdi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, mamlakatdan ko‘p miqdorda kapital chiqib ketishi bunga sabab bo‘lgan.

Shanghai Composite indeksi 6.42 foiz yo‘qotib, 2749.96 punktga tenglashdi. Gonkong fond birjasining Hang Seng indeksi 2.39 foizga tushib, 18 878.43 punktni tashkil qildi. Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 2.35 foiz yo‘qotib, 16 708.90 punkt darajasiga tushdi.

Ko‘proq yangiliklar: