Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni neft narxlaridan bog‘liq bo‘lmagan rivojlantirish rejasini taqdim qildi

Iqtisodiyot 09:08 / 26.01.2016 4654

Saudiya Arabistoni hukumati qirollikning neftga talab va narxdan bog‘liqlikni maksimal kamaytirishga qaratilgan iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejasini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mamlakat hukumati iqtisodiyotni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash va sayyohlik kabi sohalarga yo‘naltirmoqchi. Bundan tashqari, qirollik xorijiy investorlarni jalb qilish uchun bozorni erkinlashtirmoqchi.

Agentlikning ta'kidlashicha, neft narxining pasayishi oqibatida Saudiya Arabistoni katta miqyosdagi byudjyet defitsiti, ya'ni 100 mlrd dollarlik kamomadga duch keldi. Bu qirollikka o‘n yillar davomida rahna solgan eng katta iqtisodiy chaqiriq bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni sanoat va savdo vaziri Tovfiq al-Raboh reja taqdimoti davomida qirollik “golland kasalligi” (iqtisodning bir sohasidagi rivojlanish natijasida milliy valyuta kursining iqtisodiyot rivojlanishga salbiy ta'siri) qurboni bo‘lganini, biroq hozirda “davolanishga” harakat qilayotganini aytdi.

Taqdimotda yiriq xorijiy kompaniyalar, jumladan Lockheed Martin, Pepsico kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. Umumiy hisobda taqdimotda turli davlatlar hukumatlari va biznesning 2,6 mingga yaqin vakili ishtirok etdi.

Shu bilan birga uchrashuvning ko‘pchilik ishtirokchilari mamlakatda tadbirkorlik madaniyatining yo‘qligi, ijtimoiy munosabatlarda haddan ziyod an'anaviylik, davlatning iqtisodiyotdagi ustunligidan shikoyat qilishdi.

Ko‘proq yangiliklar: