Qirg‘izistonlik mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari hajmi 37 foizga qisqarib ketdi

Iqtisodiyot 15:36 / 26.01.2016 2744

Qirg‘izistonlik mehnat muhojirlarining mamlakatga yuborayotgan pul o‘tkazmalari hajmi 37 foizga qisqarib ketdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati qoshidagi davlat migratsiya xizmati vakili Ulan Shamshiyev ma'lumot berdi.

“Milliy bank ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yilda chet elda ishlayotgan qirg‘izistonliklarning pul o‘tkazmalari 2013-2014 yillarga qiyoslaganda 37 foizga tushib ketgan”, - dedi u.

Bundan tashqari, mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lishi munosabati bilan qirg‘izistonlik tashkilot tarkibidagi davlat hududida ishlash bo‘yicha bir qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘lgani ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: