O‘zbekistonning lizing kompaniyalari 5.27 mingta operatsiyani bajarishdi

Iqtisodiyot 16:29 / 26.01.2016 8243

2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning lizing beruvchi kompaniyalari 5 275 lizing operatsiyalarini amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston moliya vazirligi operativ ma'lumotlarga asoslangan holda xabar qildi.

Aytilishicha, hisobot davrida lizing shartnomalari bo‘yicha 722.831 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratilgan.

Lizing beruvchilarning lizing portfeli 1 yanvar holatiga ko‘ra 34 573 dona lizing obektlari va 1.698 trln so‘mdan iborat.

Ayni kunlarda mamlakatda 92 lizing beruvchi kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: