Janubiy Koreyaning Vetnamga kiritgan sarmoyasi miqdori 45 mlrd dollarga yaqinlashdi

Iqtisodiyot 14:58 / 26.01.2016 2740

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Janubiy Koreya kapital qo‘yilmalarining umumiy hajmi 44,9 milliard dollarni tashkil etgan holda Vetnam iqtisodiyotining eng yirik xorijiy sarmoyadori bo‘ldi. Bu haqda Vetnam Rejalashtirish va sarmoyalar vazirligi qoshidagi Xorijiy investitsiyalar agentligi ma'lum qildi.

2015 yilda Koreya Respublikasi Vetnam hududida 702ta yangi investitsion loyihani amalga oshirish hamda 260ta mavjudlarini kengaytirishga qo‘shimcha ravishda 6,72 milliard dollar yo‘naltirgan holda Vetnam iqtisodiyotidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalari hajmini oshirdi.

Vetnam shimolida Samsung korporatsiyasining televizor va monitorlar ishlab chiqarish bazasini kengaytirish loyihasiga 3 milliard dollar sarmoya kiritgani o‘tgan yilning eng yirik investitsiyalaridan biri bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Samsung korporatsiyasining turli tuzilmalari 100 ming nafarga yaqin mahalliy aholini ish bilan ta'minladi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan Janubiy Koreya kompaniyasining mobil telefonlari va elektron mahsulotlari Vetnam iqtisodiyotiga yiliga 30 milliard dollar foyda keltirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: