Ford Yaponiya va Indoneziya bozorlarini tark etmoqda

Iqtisodiyot 09:21 / 26.01.2016 2446

Ford Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2016 yil oxiriga qadar kam savdo bo‘lgani sababli Yaponiya va Indoneziya bozorlaridan to‘liq chiqib ketmoqchi. Yaponiyaning Nikkei nashri ma'lumotiga ko‘ra, kompaniyaning mazkur bozorlardagi ulushi bor yo‘g‘i 0,1 va 0,6 foizni tashkil etmoqda.

“Ma'lum bo‘ldiki, bu yerda barqaror foyda olish uchun yo‘l yo‘q va biz qanchadir vaqtdan keyin Yaponiya va Indoneziyadagi sarmoyalarimizda foyda ololmaymiz”, - deyiladi konsern vakilining bayonotida.

Taxminlarga ko‘ra, bir yil ichida Ford Yaponiyadagi 292 kishi ishlaydigan barcha 52ta vakolatxonasini yopadi. Xuddi shunday holat Indoneziyada ham amalga oshadi. Bu mamlakatda Ford`ning 44ta markazi mavjud.

Ayni paytda Yaponiya avtomobil bozorining 90 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar egallagan. Shuningdek, yaponlar Indoneziya bozorining ham qariyb to‘liq “zabt etishgan”. Ford esa o‘tgan yili mazkur ikki davlatda 5 ming va 6,1 ming mashina sota olgan.

Ko‘proq yangiliklar: