Eron va Italiya 17 mlrd yevrolik shartnomalar imzoladi

Iqtisodiyot 16:08 / 26.01.2016 2413

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Italiyaga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida 17 mlrd yevrolik shartnomalar imzolandi.

Bu haqda Deutsche Welle radiosi xabar qilmoqda. Eng yirik shartnomalardan biri (5 mlrd yevro) Saipem kompaniyasi bilan tuzildi. U Eni SpA davlat neft kompaniyasi tomonidan nazorat qilinib, “Janubiy oqim” quvuri qurilishining asosiy pudratchisi bo‘lgandi.

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi erishilgan kelishuvlar hamkorlikning boshlanishi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Italiyadan chiqib, Ruhoniy Parijga boradi, u yerda Airbus bilan 100ta samolyot bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: