Brent markasidagi neft narxi 30 dollardan pastladi

Iqtisodiyot 10:40 / 26.01.2016 2346

Brent markasidagi neft narxi bir barrel uchun 30 dollardan pasaydi. Bu haqda Londonning ICE birjasidagi holatga asoslanib, xabar tarqatilgan.

Toshkent vaqti bilan 10:10 holatiga ko‘ra, mart fyuchersi narxi barreliga 29,83 dollarni tashkil etgan. Nyu-Yorkdagi tovar birjasida (NYMEX) esa WTI markasidagi neft narxi 1 barreli uchun 29,58 dollarni ko‘rsatgan.

Neft narxining yana qulay boshlashiga Xitoyning energiya resurslariga talabi kamaygani haqidagi statistik ma'lumotlarning chop qilingani sabab bo‘lmoqda.

Bloomberg nashrining yozishicha esa, narx tushishi Saudiya Arabistonining energetika loyihalaridagi investitsiyalarni qoldirish qarori bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: