AQShning qurol ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi 2015 yilgi savdo hajmini e'lon qildi

Iqtisodiyot 21:18 / 26.01.2016 3571

AQShning qurol ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi Lockheed Martin’ning 2015 moliyaviy yildagi sof savdo hajmi 1,1 foizga, ya'ni 46,1 mlrd dollargacha oshdi, kompaniyaning bu ko‘rsatkichi 2014 yilda 45,6 mlrd dollarni tashkil qilgandi, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Kompaniya hisobotida ta'kidlanishicha, 2015 yilda kompaniyaning sof foydasi 3,614 mlrd dollarni tashkil qilgan, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 3,605 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

2015 yilda kompaniyaning eng serdaromad segmenti raketasozlik bo‘limi Missile and Fire Control bo‘ldi, uning operatsion daromadi 1,28 mlrd dollarni tashkil qildi.

2015 yilda kompaniyaning umumiy operatsion daromadi 2,8 foizga kamaygan va 5,43 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: