2015 yilda eng ko‘p sotilgan avtomobil nomlari e'lon qilindi

Iqtisodiyot 17:26 / 26.01.2016 10448

2015 yilda Toyota Corolla dunyodagi eng ko‘p sotilgan model sifatida mutlaq rekord qayd etdi. Bu haqda focus2move loyihasi ma'lumotiga tayangan holda “Avtostat” xabar qildi.
O‘tgan yilda 1,339 mln dona sotilgan Toyota Corolla savdosida 4,7 foizlik o‘sish qayd etildi. Mazkur modelni AQSh (363,3 ming), Xitoy (300,6 ming) va Yaponiya (109 ming) fuqarolari eng ko‘p xarid qilishgan.

Global savdo hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 2015 yil davomida 1,041 mln dona sotilgan Volkswagen Golf egalladi. Uning o‘sish darajasi 8,4 foizni tashkil etdi.

40 yildan buyon Amerika bozorida o‘zining ommabopligini saqlab kelayotgan Ford F-Series pikapi 2015 yilgi dunyo reytingining uchinchi pog‘onasini 920,17 ming dona sotilgan holda egalladi. Bir yil avvalgiga qaraganda 1,6 foiz ko‘p sotilgan pikaplarning 780 mingi aynan amerikaliklar tomonidan xarid qilingan. Uning 118,8 ming donasi esa Kanada bozorida xaridorlarini topib ulgurdi.

Dunyo miqyosida eng sotilgan modellar reytingining qolgan pog‘onalarini Ford Focus (826,2 ming; -19,4%), Toyota Camry (754,2 ming; -1,9%), Hyundai Elantra (746,9ming; -9,1%), Volkswagen Polo (698,2 ming; +2,2%), Honda CR-V (696,6 ming; -2,5%), Chevrolet Silverado (669,7 ming; +12,9%) i Toyota RAV4 (664,4 ming; +5,5%) band etdi.

Ko‘proq yangiliklar: