Ukraina XVJdan 1,7 mlrd dollar miqdorida transh oladi

Iqtisodiyot 09:38 / 25.01.2016 1901

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko yaqin vaqtlar ichida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 1,7 milliard dollar miqdorida navbatdagi transh olinishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN nashri xabar tarqatgan.

"Yaqin kelajakda bizning oltin valyuta zaxiralarimiz 1,7 mlrd dollarga yetadi", degan Poroshenko.

Uning aytishicha, u va XVJ rahbari Kristin Lagard tashkilot missiyasining Ukrainaga tashrifi natijasi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.

Poroshenkoning qo‘shimcha qilishicha, u Lagardga "Ukrainaning og‘ir ijtimoiy vaziyatdan chiqqanini" aytgan hamda undan pensiya yoshini ko‘tarish bo‘yicha talabni olib tashlashni so‘ragan.

O‘tgan yilning kuzida Ukrainaning EFF kreditining 1,7 milliard dollarlik navbatdagi — uchinchi transhini olish uchun o‘z majburiyatlarini bajarayotganini tahlil qilgan XVJ ekspertlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javob olmagani va vaziyatni qoniqarsiz baholagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: