Rossiya baknlarining 2015 yildagi daromadi 3 barobarga kamayib ketdi

Iqtisodiyot 22:12 / 25.01.2016 2136

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya banklari 192 mlrd rubl daromad oldilar. Bu 2014 yildagi daromaddan (589 mlrd rubl) 3 marta kamroqni tashkil qilgan, deb xabar bermoqda Rossiya Banki. Bunda banklarning ehtimoliy yo‘qotishlarga zaxiralari 2015 yilda 33,4 foizga oshgan va 1,4 trln rublgacha yetgan.

Bank sektorining aktivlari yil ichida 6,9 foizga o‘sgan va 83 trln rublga yetgan.

Aholining banklarga qo‘ygan omonatlari hajmi 25,2 foizga oshgan. Yuridik shaxslarning depozitlari hajmi va kompaniyalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lari yil ichida 15,6 foizga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: