Neft narxi tushishini oldindan aytgan treyder endi uning o‘sishini taxmin qilmoqda

Iqtisodiyot 13:01 / 25.01.2016 8203

Andurand Capital jamg‘armasi rahbari, neft treyderi Per Andyuran 2015 yilda neft narxi bir barreli uchun 25 dollarga tushib ketishini bashorat qilgan edi. Uning aytganlari haqiqat bo‘lib chiqdi. Endi esa u yaqin ikki yilda kotirovkalarning o‘sishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

“Biz neftning past narxi yuqorisiga almashishini kuzatish mumkin bo‘lgan dunyoda yashamoqdamiz. Hisoblashimcha, kotirovkalar eng quyi darajaga yetib keldi”, - dedi u. Per Andyuranning fikriga ko‘ra, 2016 yilda neft narxi bir barrel uchun 50 dollarga ko‘tariladi, 2017 yilda esa 70 dollarga chiqadi.

Ayni paytda, sarmoyadorlar narxlarning kuchli tebranishiga tayyor turishlari kerak, deya ogohlantirdi treyler. 25 yanvar kuni ICE birjasida Brent rusumli neft narxi bir barreli uchun 32,72 dollarga qadar ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: