BMT 2016 yil uchun O‘zbekiston YaIMi o‘sishini bashorat qildi

Iqtisodiyot 11:57 / 25.01.2016 4320

O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti 2016 yilda 7 foizga o‘sadi. Bu haqda BMTning “Jahonda iqtisodiy vaziyat va 2016 yil istiqbollari” nomli yangi hisobotida aytib o‘tildi.

Hujjatda aytilishicha, 2017 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 6.9 foizni tashkil qiladi. 2015 yilda esa, tashkilotning mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, bu ko‘rsatkich 8 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston bu borada MDH mamlakatlari ichida yetakchi bo‘lgan. Turkmanistonda 2016 yil uchun prognoz 10,5 foiz, 2017 yil uchun 9,9 foiz.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2016 yilda 9,9 foizni, 2017 yilda esa 8 foizni tashkil etadi (2015 yilda 11 foiz).

Bundan oldinroq, O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 8 foizni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston hukumati 2016 yilda YaIM o‘sishi 7,9 foizni tashkil qilishini prognoz qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: