Bloomberg: Xitoy energiya tashuvchilar narxining pasayishi evaziga 460 mlrd dollar tejaydi

Iqtisodiyot 08:25 / 25.01.2016 3423

Xitoy energiya tashuvchilar narxining pasayishi evaziga yillik hisobda 460 mlrd dollar tejaydi, deb xabar bermoqda Goldman Sachs bankining Osiyodagi idorasi sobiq vitse-raisi Kenett Kurtis ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Tahlilchining hisob-kitoblriga ko‘ra, Xitoy arzonlashgan neftda 320 mlrd dollar, metall, ko‘mir va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida 140 mlrd dollar tejaydi.

Kurtisning fikricha, energiya tashuvchilar narxining pasayishi iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida narxlarning pasayishiga olib keladi, bu natijada mamlakatning og‘ir sanoatga investitsiyalardan iqtisodiy o‘sishi modelini iste'mol va xizmatlar sohasiga investitsiyalarga qayta yo‘naltirishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: