Vitaliy Denisov "Latsio" safiga o‘tishi mumkin

Sport 11:54 / 24.01.2016 6977

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov qishki transferlar vaqtida Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Rimning "Latsio" jamoasi Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi a'zosi hisoblangan, o‘zbekistonlik 28 yoshli ushbu himoyachi o‘yiniga qiziqish bildirmoqda.

"R-Sport" nashrida yozilishicha, "Latsio" moskvaliklar bilan ushbu futbolchini transfer qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Shuningdek, Denisovga Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasidan bo‘lgan qiziqish saqlanib turibdi.

"Latsio" ayni vaqtda Italiya chempionatining 20-turidan so‘ng 9-o‘rinda bormoqda.

Vitaliy Denisov Rossiya chempionatining ushbu mavsumida barcha 18ta o‘yinda ishtirok etgan va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Vitaliy Denisov Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Olga Smorodskaya: Afsuski Vitaliy Denisov Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynamaydi

«Lokomotiv» Vitaliy Denisovni qo‘lga kiritish uchun uning agentiga 1,6 million yevro sarflagan

Ko‘proq yangiliklar: