Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi

O‘zbekiston 11:06 / 08.09.2024 3257

Samarqand viloyatida harakatlanayotgan shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusi sifati kafolatlanmagan go‘sht ortib ketayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 6 sentabr kuni soat 16:30 larda "Buxoro- Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Youtong rusumli avtobus M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani hududida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida to‘xtatilgan.

YPX xodimlari tomonidan sohaviy xizmat xodimlari bilan avtobus yukxonasi ko‘zdan kechirilganda u yerda 500 kilogramm sifati kafolatlanmagan, yaroqsiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.

Ushbu mahsulot Bulung‘ur tumani Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga tekshirish uchun yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: