Pekinda ta'minotdagi yetishmovchiliklar tufayli 2020 yilgacha aholi soni 15 foizga kamaytiriladi

Jahon 11:37 / 24.01.2016 4788

Xitoy poytaxti Pekin shahri aholisi 2020 yilga borib 23 mln kishini tashkil etadi va bu 15 foizlik kamayish bo‘ladi. "Sinxua" agentligi xabariga ko‘ra, ko‘p millionli megapolisda aholini resurslar bilan ta'minlash muammoga aylangan.

Ma'lum qilinishicha, Pekinda shu masala Xalq vakillari yig‘ilishi (Qonunchilik organi) va Pekin Milliy siyosiy maslahat kengashi vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan. Unda Xitoy poytaxtining transport, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ta'minlanganlik darajasi baholangan. Qayd etilishicha, hozirga kelib, pekinliklarning suv bilan ta'minlanishida nisbatan ko‘p muammolar yuzaga kelgan.

"Keyingi 5 yil mobaynida Pekin aholisini shaharning atrofidagi hududlarga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi. Shaharning aholisi 15 foizga qisqartiriladi (2014 yil holatiga ko‘ra 21 mln 516 ming kishi)", deydi shahar meri Van Anshunya.

Uning qayd etishicha, transport sohasidagi muammolarni kamaytirish uchun shahardagi 300ta kompaniya shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. "2017 yilgacha hokimiyat organlarining bir qismi ham Pekindan Tunchjou tumaniga ko‘chiriladi", deydi u.

Tahlilchilarning ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yil so‘nggida Pekin aholisi 21,7 mln nafar bo‘lgan, 2016 yil oxiridagi ko‘rsatkich esa 22 mln nafardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: