OAV: Belgiyadagi shaharlardan birida qochqinlarni basseynlarga kiritmaslik taklif qilinmoqda

Jamiyat 14:53 / 24.01.2016 1958

Belgiyaning Koksid shahri (Shimoliy dengiz yoqasida) burgomistri Mark Vanden Bushe shahar kengashi qochqinlarni basseynlarga kiritmaslik bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Nieuwsblad nashri xabar tarqatgan.

Kurort shahri burgomistri shahardagi basseynlarda qochqinlar tomonidan ikki marta voyaga yetmagan qizlarga zo‘ravonlik qilish holati qayd etilgani tufayli favqulodda choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Daily Mail nashrida Belgiya hukumati mamlakatga boshpana so‘rab kelganlar uchun Belgiyada harakatlanish va o‘zini tutish qoidalari ko‘rsatilgan risola chop etilishi haqida ma'lum qilingandi. Unda qochqinlarga ayollar bilan munosabatlardagi maslahatlar keltirib o‘tilishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: